"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida jamoa qanot hujumchisi Lamin Yamalning ayni paytdagi jismoniy va sport formasi haqidagi savolga javob berdi.
"U fantastik darajada o‘yin ko‘rsatmoqda. Buni Ispaniya terma jamoasidagi o‘yinlarida ham ko‘rish mumkin.
Men uni Londonda kuzatdim, o‘sha paytda tribunada edim. Futbolchilarga boshqacha nuqtai nazardan qarash ham kerak.
Yamal va Kubarsi yosh futbolchilar, shuning uchun ular tezroq tiklanadi.
Agar ertaga Lamin 60 yoki 70 daqiqa o‘ynasa, bu yaxshi bo‘ladi. Garchi uning o‘zi barcha uchrashuvlarda maydonga tushishni xohlasa ham. U futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi.
Yamal dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi — agar allaqachon shunday darajaga yetmagan bo‘lsa.
U hozirning o‘zidayoq yuqori saviyada o‘ynamoqda va eng yuqori cho‘qqiga juda yaqin.
Agar u shu tarzda davom etsa, o‘z ustida ishlab, rivojlanishga intilishdan to‘xtamasa... Ana shunday munosabat bilan...
Men undan mamnunman", — dedi Flik.
"Barselona" 10 oktyabr, shanba kuni Ispaniya La Ligasi doirasida "Xetafe"ga qarshi maydonga tushadi.













