«Inter Mayami» bosh murabbiyi Kristian Alberto «Kili» Gonsales jamoa hujumchisi Lionel Messining Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashi haqida gapirdi.
«Xayrlashuv uchrashuvi juda hayajonli o‘tdi. Men unga bu lahzalardan zavq olishni, nafaqat Argentina, balki butun dunyodan kelayotgan mehrni his qilishni aytdim. Albatta, uni bu libosda ko‘rishni sog‘inamiz. Ammo bugun u shu yerda va biz hozir u bilan birga ekanimizdan qadr topishimiz kerak.
U terma jamoani, u yerda qo‘shgan hissasini va qoldirgan merosini sog‘inadi. Afsuski, endi uni bu libosda ko‘rmaymiz. Endi u bizniki», — deya Gonsalesning so‘zlarini keltirmoqda Goal.com.
6 oktyabrdan 7 oktyabrga o‘tar kechasi 39 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Unda argentinaliklar Benin terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Messi 2023 yildan buyon «Inter Mayami» sharafini himoya qilib kelmoqda. Unga qadar argentinalik futbolchi «PSJ» va «Barselona» klublarida to‘p surgan.













