Portugaliya milliy terma jamoasi Krishtianu Ronalduning professional faoliyatidagi 980-golidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda qisqa tabrik e’lon qildi.
Portugaliyalik hujumchi "An-Nasr" safida "Ad-Diriya"ga qarshi uchrashuvda gol urdi. Mazkur bahs 3:0 hisobida yakunlandi.
"Krishtianu Ronaldu "An-Nasr"ning g‘alabali uchrashuvida gol urdi", — deyiladi Portugaliya terma jamoasining ijtimoiy tarmoqlardagi xabarida.
Avvalroq ommaviy axborot vositalarida Portugaliya futbol federasiyasi Ronalduni milliy terma jamoa o‘yinlaridan noma’lum muddatga chetlatgani haqida ma’lumot tarqalgan edi.
Xabarlarga ko‘ra, bunga futbolchining xatti-harakatlari hamda Millatlar ligasi guruh bosqichi davomida terma jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgani sabab bo‘lgan.
Ronaldu bir oydan olti oygacha muddatga terma jamoa o‘yinlaridan chetlatilishi, shuningdek, katta miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.
Futbolchining o‘zi avvalroq ehtimoliy jazoga e’tiroz bildirmagan edi.













