Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

Sheringem: "Reshford hech qachon yetakchi bo‘la olmaydi"

Sheringem: "Reshford hech qachon yetakchi bo‘la olmaydi"

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Teddi Sheringem hujumchi Markus Reshfordning jamoadagi o‘rni haqida fikr bildirib, mankunianliklarning bir qator futbolchilaridagi yetakchilik xususiyatlariga baho berdi.

"Markus Reshford astoydil mehnat qilmoqda, ammo u o‘rtacha saviyadagi jamoada o‘ynayapti.

Bu yerda ser Aleks Fergyuson qanday futbolchilarni sotib olganini eslashimiz kerak. U maydonda boshqalarga o‘rnak bo‘ladigan haqiqiy yetakchilarni jamoaga jalb qilardi.

Hozir esa "Yunayted" yaxshi ijrochilarni sotib olmoqda, ammo ularning barchasi boshqalarga ergashadigan futbolchilar. Ular yetakchi emas. Ularga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan inson kerak, ammo bunday yetakchi yo‘q.

Agar "Yunayted" hozir namoyish etayotgan futbolga qarasangiz, hamma kimdir vaziyatni o‘zgartirishini kutayotganini ko‘rasiz.

Jamoada haqiqiy yetakchilik ham, mahorat ham yo‘q. Buning hech biri ko‘rinmayapti.

Reshford — yordamchi vazifani bajaradigan futbolchi. U haqiqiy yetakchilarning o‘rnini to‘ldiruvchi o‘yinchi hisoblanadi.

Garri Keyn hujumni boshqarib, oldingi chiziqda harakat qilganida Reshford unga ergashishi mumkin. Ammo Markusning o‘zi yetakchiga aylana olmaydi.

Hujum chizig‘ida uning yonida yosh Benyamin Sheshko yoki haligacha "Yunayted"da o‘z kuchiga to‘liq ishonmaydigan Mateus Kunya bor.

Hatto Brayan Mbemuoning ham yetakchilik xususiyatlari meni ishontirmayapti. U kimdir yo‘l ko‘rsatishini kutib turibdi.

Brunu Fernandesh harakat qilyapti, ammo buning o‘zi yetarli emas", — deya Sheringemning so‘zlarini keltiradi Tribal Football nashri.

Kiritildi: 20:51, 10.10.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик