Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti
17/10 19:00 Brentford 1-2 Liverpul
17/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Ipsvich
17/10 19:15 Vilyarreal 0-0 Elche
17/10 21:00 Bolonya - Inter

Liga1. «PSJ» «Le Man»ni mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Liga1. «PSJ» «Le Man»ni mag‘lub etib, ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 musobaqasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «PSJ» o‘z maydonida «Le Man»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

Parijliklar safida Beraldo 19-daqiqada penaltidan hisobni ochdi. Shuningdek, Xvicha Kvarasxeliya 61-daqiqada, Magnesh Akliush esa 68-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Mehmonlarning yagona goliga 54-daqiqada Lui Mafuta mualliflik qildi.

Shu tariqa, «PSJ» Fransiya chempionatida ketma-ket uchinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Parij klubi 11 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi. Hisobida 6 ochko bo‘lgan «Le Man» esa 12-pog‘onadan joy olgan.

Tur doirasida parallel o‘tkazilgan boshqa uchrashuvlarda «Brest» «Anje»ni 5:1 hisobida tor-mor etdi. «Loryan» esa «Parij» ustidan minimal 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Fransiya chempionati. Liga 1. 6-tur.

10 oktyabr, 23:45. «Park de Prens» (Parij)

«PSJ» — «Le Man» — 3:1

Gollar: Beraldo, 19 — penaltidan (1:0), Mafuta, 54 (1:1), Kvarasxeliya, 61 (2:1), Akliush, 68 (3:1).

Amalga oshirilmagan penalti: Due (90+3).

«PSJ» tarkibi: Safonov, Zabarniy, Ernandes, Din, Hakimi (Due, 72), Beraldo (Kvarasxeliya, 59), Joau Nevesh (Ruis, 58), Fernandes (Zair-Emeri, 58), Godts (Vitinya, 59), Akliush, Torres.

«Le Man» tarkibi: Kosik, You, Voyer, Buasse, Lore (Rabiyyar, 73), Verkryuyss (Braimi, 66), Bretel, Kaloda (Larusi, 77), Bamba, Diallo (Guye, 46), Mafuta (Xaruz, 72).

Sariq kartochkalar: Guye (47), Mafuta (65), Bamba (90), Braimi (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:10, 11.10.2026.
O'qildi: 921 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик