Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Ispaniya La Ligasining 8-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal"ga qarshi uchrashuvda maydondan chetlatilgan jamoadoshi Vinisius Juniorga murojaat qildi.
Braziliyalik futbolchi bahsning 72-daqiqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Shu tariqa, u maydonda atigi 20 daqiqa harakat qildi.
"Doim sening yoningdaman", — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Vinisius mazkur uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va 52-daqiqada Trent Aleksander-Arnoldning o‘rniga maydonga tushdi.
Bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay, "Real" 1:0 hisobidagi ustunlikni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Uchrashuvdagi yagona golga Yan Diomande mualliflik qildi. U Vinisius maydondan chetlatilishidan 10 daqiqa avval raqib darvozasini ishg‘ol qilgan edi.













