«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska klub uchun barchasi yaxshi yakunlanishiga ishonmoqda.
Manchesterlik grand 2009 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda moliyaviy qoidalarni 114 ta band bo‘yicha buzganlikda aybdor deb topilgan. «Shaharliklar» Premyer-ligadan chetlatilishi yoki juda ko‘p ochkolaridan mahrum qilinishi mumkin. Biroq hozircha yakuniy qaror chiqarilmagan.
«Mening qanchalik baxtiyor ekanimni tasavvur ham qila olmaysiz», — dedi Mareska «Liverpul» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng.
«Umid qilamanki, «Manchester Siti» apellyasiyada g‘alaba qozonganidan keyin bu jarayon haqida gaplashamiz», — deya italiyalik murabbiyning so‘zlarini insayder Fabrisio Romano keltiradi.
«Manchester Siti» APL-2026/27 mavsumining olti turidan keyin 18 ochko to‘plab, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













