Angliya Premyer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda "Manchester Siti" safarda "Liverpul"ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Britaniyalik taniqli jurnalist Pirs Morgan ushbu natijaga munosabat bildirib, Manchester klubini keskin tanqid qildi.
"Bu shunchaki masxarabozlik. "Manchester Siti" futbolchilari va muxlislari go‘yo hech narsa bo‘lmagandek g‘alabani katta xursandchilik bilan nishonlamoqda. Vaholanki, klub futbol olamidagi eng katta firibgar sifatida fosh etildi. Agar ular bu mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritsa, bu Angliya Premyer-ligasini barbod qilishi mumkin", — deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq "Manchester Siti" ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Angliya Premyer-ligasida oltita tur ortda qolganidan so‘ng, "shaharliklar" 18 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













