Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

APLning beshta klubi Fransiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashmoqda

APLning beshta klubi Fransiya terma jamoasi hujumchisi uchun kurashmoqda

Baho:
+ | -

Fransiya terma jamoasi safida debyut qilgan hujumchi Esteban Lepol Yevropaning bir qator klublari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining o‘yinlarini Angliya Premyer-ligasining beshta vakili — "Brentford", "Everton", "Aston Villa", "Lids" va "Brayton" klublari diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Fransiyaning "Renn" klubi hujumchisining ehtimoliy transferidan 50–60 million yevro daromad olishni rejalashtirmoqda.

Lepolning amaldagi shartnomasi "Renn" bilan 2030 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 5 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:07, 12.10.2026.
O'qildi: 592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик