Leverkuzenning «Bayer» klubi hujumchisi Kristian Kofane Angliya Premyer-ligasining bir qator jamoalari e’tiborini tortmoqda. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 20 yoshli kamerunlik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Londonning «Arsenal», shuningdek, «Everton», «Aston Villa» va «Nyukasl» klublari qiziqish bildirmoqda.
Kofanening ehtimoliy transferi 40 million yevroga baholanmoqda. Hozircha qaysi klub futbolchini qo‘lga kiritish uchun rasmiy taklif bilan chiqishi ma’lum emas.
Kamerunlik hujumchining «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Kristian Kofane joriy mavsumda Germaniya Bundesligasining 4 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













