Madridning «Real» klubi belgiyalik darvozabon Tibo Kurtua bilan yangi shartnoma imzolash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv yaqin vaqt ichida rasman imzolanishi kutilmoqda.
Kurtuaning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Yangi kelishuv orqali Madrid klubi tajribali darvozabonni o‘z safida saqlab qolishni maqsad qilgan.
Shu tariqa, belgiyalik futbolchi «Real»dagi faoliyatini davom ettiradi va kelasi mavsumda ham «qirollik klubi» sharafini himoya qiladi.
34 yoshli Kurtua joriy mavsumda Ispaniya La Ligasining 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, o‘z darvozasidan 8 ta gol o‘tkazib yubordi.
Shuningdek, belgiyalik darvozabon ikkita bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.













