Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

«Liverpul» futbolchilari bu yil APLda faqat «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlarda qizil kartochka olishmoqda

«Liverpul» futbolchilari bu yil APLda faqat «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinlarda qizil kartochka olishmoqda

Baho:
+ | -2

«Liverpul» futbolchilari 2026 yil davomida Angliya Premyer-ligasida ikki marta qizil kartochka oldi. E’tiborlisi, har ikkala holat ham «Manchester Siti»ga qarshi uchrashuvlarda qayd etildi.

Mersisaydliklar Angliya chempionatining 6-turida o‘z maydonida «Manchester Siti»ga 0:3 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.

Mehmonlar safida Erling Xolann, Jeremi Doku va Rayan Sherki gollarga mualliflik qildi.

Uchrashuv davomida «Liverpul» yarim himoyachisi Rayan Gravenberx ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Qizig‘i, bu 2026 yilda «Liverpul» futbolchilarining Angliya Premyer-ligasidagi ikkinchi chetlatilishi bo‘ldi. Har ikki holatda ham mersisaydliklarning raqibi «Manchester Siti» edi.

Birinchi holat fevral oyida ro‘y bergan. O‘shanda Vengriya terma jamoasi yarim himoyachisi Dominik Soboslai «Manchester Siti»ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi.

Shu tariqa, «Liverpul»ning joriy kalendar yilda APLda qayd etilgan ikkala chetlatilishi ham «shaharliklar» bilan to‘qnashuvlarga to‘g‘ri keldi.

Kiritildi: 17:08, 12.10.2026.
O'qildi: 375 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик