Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuv oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida Turkiyaning "Galatasaroy" klubi bosh murabbiyi Okan Buruk o‘z fikrlarini bildirdi.
"Biz hujumda xotirjamlikni saqlashimiz va to‘pni iloji boricha uzoq vaqt ushlab turishimiz kerak. "Barselona" bu mavsumda ko‘p gol o‘tkazib yubormadi. Ular o‘z uslubini raqiblariga singdirishga harakat qiladigan jamoa. Xatolarni minimal darajada kamaytirishimiz kerak, chunki ular bu vaziyatda darhol jazolaydi" - dedi Okan Buruk.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi.













