Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Jerrard Virsning «Liverpul»dagi muammolari sababini tushuntirdi

Jerrard Virsning «Liverpul»dagi muammolari sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq sardori Stiven Jerrard jamoa yarim himoyachisi Florian Virsning hozirgi o‘yini va u duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida fikr bildirdi.

Germaniyalik futbolchi ishonchsiz o‘yinlari sabab muntazam tanqidlarga uchramoqda. Jerrard esa 23 yoshli yarim himoyachiga nisbatan bildirilayotgan e’tirozlarni asosli deb hisoblaydi.

«Menimcha, Virs uchun eng maqbul pozisiya — «o‘ninchi raqam», ya’ni hujumkor yarim himoyachi roli. Nazarimda, qanotda harakat qilish uchun unga tezlik yetishmayapti. Hozirgi «Liverpul» tarkibida u o‘z salohiyatini darhol namoyon eta oladigan qulay pozisiya borligiga ishonchim komil emas.

Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi pasaygan, hozircha yetarlicha yaxshi o‘ynamayapti. Bu borada Jeymi Karragerning fikriga qo‘shilaman.

Florian juda iqtidorli futbolchi, ammo menimcha, unga murabbiy va jamoadoshlarining yordami kerak. Balki uni bir-ikki o‘yinga zaxira o‘rindig‘ida qoldirish foydali bo‘lar.

Ba’zan jamoangni chetdan kuzatib o‘tirganingda, o‘rningni boshqa futbolchi egallab olishidan xavotirlana boshlaysan. Ana shu yengil qo‘rquv senga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Virs o‘z o‘yinini kuchaytirishi shart, ammo men hozircha undan umidni uzmagan bo‘lardim», — deya Jerrardning so‘zlarini keltiradi Anfield Sector.

Eslatib o‘tamiz, Florian Virs 2025 yil yozida Germaniyaning «Bayer» klubidan «Liverpul»ga 125 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Kiritildi: 02:40, 13.10.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик