Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/10 00:00 Rasing - Valensiya
12/10 18:45 Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
12/10 21:00 Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
12/10 21:00 Traktor 0-0 Ash-Shamol
12/10 23:15 An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
12/10 23:15 Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
12/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
13/10 00:00 Koventri Siti - Nyukasl
13/10 00:00 Levante - Sevilya

FIFA Infantinoning millionlab dollarlik qo‘shimcha daromadlarini yashirgan bo‘lishi mumkin

FIFA Infantinoning millionlab dollarlik qo‘shimcha daromadlarini yashirgan bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2024 yilda rasmiy ravishda e’lon qilingan maoshidan tashqari 1 million dollardan ortiq qo‘shimcha daromad olgan bo‘lishi mumkin.

Bu haqda Britaniyaning The Times nashri o‘z surishtiruviga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, qo‘shimcha to‘lovlar 2026 yilgi jahon chempionatini AQSHda tashkil etish maqsadida tuzilgan FWC2026 US Inc. kompaniyasi orqali amalga oshirilgan.

FIFAning yillik hisobotida Infantino 2024 yilda 4,274 million Shveysariya franki miqdorida daromad olgani ko‘rsatilgan. Biroq mazkur kompaniya tomonidan AQSH Soliq xizmatiga taqdim etilgan deklarasiyada FIFA prezidentiga qo‘shimcha 1,76 million dollar to‘langani qayd etilgan.

Ushbu mablag‘lar xalqaro federasiyaning rasmiy moliyaviy hisobotida aks ettirilmagan.

Ma’lum qilinishicha, qo‘shimcha to‘lovlarning 626 ming dollardan ortiq qismi Mayami-Bichdagi Sanset orollarida, suv bo‘yida joylashgan hashamatli villani ijaraga olish xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan bo‘lishi mumkin.

The Times ta’kidlashicha, FIFA mazkur ma’lumotni tasdiqlamagan. Shuningdek, tashkilot qo‘shimcha to‘lovlar nima sababdan yillik hisobotda ko‘rsatilmaganiga ham izoh bermagan.

Nashr manbalarining bildirishicha, 2025 va 2026 yillarda ham Infantinoga shunga o‘xshash yoki bundan ham kattaroq miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar to‘langan bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.

Eslatib o‘tamiz, FIFA 2016 yildan buyon tashkilot prezidenti va bosh kotibining maoshlari haqidagi ma’lumotlarni har yili oshkor qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Kiritildi: 02:42, 13.10.2026.
O'qildi: 410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик