Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 20 yoshga to‘lguniga qadar Chempionlar ligasida 13 ta gol urib, rekord o‘rnatgan. Endi esa Lamin Yamal ushbu rekordni yangilashga yaqin turibdi.
Joriy mavsum Chempionlar ligasi guruh bosqichining ilk uchrashuvida «Feyenoord» darvozasiga gol urgan «Barselona»ning 10-raqamli futbolchisi o‘z hisobidagi gollar sonini 12 taga yetkazdi. Shuningdek, uning mazkur nufuzli Yevropa musobaqasidagi 34 ta uchrashuvida 11 ta golli uzatmasi ham bor.
Shunday qilib, Yamal fransiyalik hamkasbining rekordini takrorlashi uchun atigi bitta gol urishi kerak.
Futbolchining ayni paytdagi ajoyib formasini hisobga olsak, u ushbu natijaga erishishi yoki rekordni yangilashi mumkin. Buning uchun u navbatdagi «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvdayoq gol urishi yoki kuz faslining keyingi o‘yinlarida o‘z maqsadiga yetishi mumkin.













