Noa Okafor 2025 yil yozida 21 million yevro evaziga «Milan»dan «Lids»ga to‘liq transfer qilinganidan so‘ng Angliya klubida a’lo formaga kirdi. «Elland Roud» stadionidagi ikkinchi mavsumida shveysariyalik hujumchi Premyer-liga va Liga kubogida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
«Gol urishni, golli uzatmalarni amalga oshirishni va jamoaga yordam berishni yaxshi ko‘raman. Eng muhimi — gollar. Bu shunday hissiyotki, uni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. O‘z maydonimizdagi o‘yinlarda gol urish esa ajoyib tuyg‘u», — deya Okaforning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ayni paytda «Lids» Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.













