«Galatasaroy» bosh murabbiyi Okan Buruk Chempionlar ligasi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan Lamin Yamal haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Jamoalar o‘rtasidagi bahs bugun Istanbulda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
«Yamalni zararsizlantirish bo‘yicha bir nechta rejamiz bor. Ammo biz faqat Laminga qarshi emas, “Barselona”ga qarshi o‘ynaymiz. Futbolchilarimga ishonaman — bor kuchimizni ishga solamiz.
Menimcha, Yamal dunyodagi eng yaxshi o‘ng qanot hujumchisi. U yoshiga nisbatan ajoyib o‘yin va yuqori natijadorlik namoyish etmoqda», — dedi Turkiya jamoasi bosh murabbiyi TNT Sports nashriga bergan intervyusida.
Lamin Yamal joriy mavsumdagi to‘qqizta uchrashuvda sakkizta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.













