«Barselona» «Tottenhem» himoyachisi Pedro Porro xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Biroq kataloniyaliklar yangi transferni amalga oshirish uchun yana futbolchilarni sotishi kerak. Porroni jamoaga olib kelish uchun «Barselona» 50 million yevro mablag‘ to‘plashi lozim.
«Barselona» La Ligada ketma-ket sakkizta g‘alabaga erishdi. Kataloniya klubi 24 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.













