Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 18:00 Venetsiya 1-0 Napoli
17/10 19:00 Dinamo 1-2 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 1-1 Paxtakor
17/10 19:00 Fulhem 1-0 Xall Siti
17/10 19:00 Brentford 1-2 Liverpul
17/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Ipsvich
17/10 19:15 Vilyarreal 0-0 Elche
17/10 21:00 Bolonya - Inter

"Oltin to‘p" sohibi oldindan ogohlantirilmaydi — France Football yangi rejasini ma’lum qildi

"Oltin to‘p" sohibi oldindan ogohlantirilmaydi — France Football yangi rejasini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

France Football nashri "Oltin to‘p" sovrini uchun ovoz berish natijalarini taqdirlash marosimiga qadar sir saqlash niyatida.

Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tashkilotchilar g‘olibning ismi taqdirlash marosimida konvert ochilguniga qadar oshkor bo‘lmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, France Football avvalgi tartibni saqlab qolmoqchi. Unga ko‘ra, ovoz berishda g‘olib chiqqan futbolchining shaxsi sahnada rasman e’lon qilinmaguncha sir tutiladi.

Hatto sovrinni qo‘lga kiritgan futbolchining o‘zi ham natijadan oldindan xabardor qilinmaydi. U g‘alabasi haqida faqat taqdirlash marosimida konvert ochilganidan so‘ng bilib oladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda "Oltin to‘p" sovrinining amaldagi sohibi Fransiya terma jamoasi va "Pari Sen-Jermen" hujumchisi Usmon Dembele hisoblanadi.

2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchini taqdirlash marosimi 26 oktyabr kuni London shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 13:32, 13.10.2026.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик