Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

"Chelsi" Malo Gyustoni sotishga tayyor — "PSJ" transferga qiziqmoqda

"Chelsi" Malo Gyustoni sotishga tayyor — "PSJ" transferga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

Londonning "Chelsi" klubi qanot himoyachisi Malo Gyusto faoliyatini Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" jamoasida davom ettirishi mumkin.

Bu haqda transferlar bo‘yicha insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar 23 yoshli fransuz futbolchisiga bo‘lgan qiziqishini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. "PSJ" rahbariyati himoya chizig‘ida taktik imkoniyatlarni kengaytirish va zaxira tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Qayd etilishicha, "Chelsi" endi Gyustoni sotilmaydigan futbolchilar qatoriga kiritmayapti. London klubi himoyachi bo‘yicha uning bozor qiymatiga mos takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Shuningdek, "ko‘klar" Gyustoni o‘tgan yozda talab qilgan 90 million yevrodan arzonroq narxga sotishi mumkinligi aytilmoqda.

Joriy mavsumda fransuz himoyachisi barcha musobaqalar doirasida yettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Hozircha klublar o‘rtasida rasmiy muzokaralar boshlangani yoki "PSJ" tomonidan aniq taklif yuborilgani haqida ma’lumot yo‘q.

Kiritildi: 16:03, 13.10.2026.
O'qildi: 531 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик