Angliyaning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasining Chempionlar ligasi umumiy bosqichida ketma-ket 14 ta g‘alabaga erishgani haqida gapirdi. 13 oktyabr kuni «Arsenal» Fransiyaning «Lill» klubini 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
«Bu jamoamiz qanchalik barqaror o‘ynayotganidan dalolat beradi. Biz o‘z uslubimizda o‘ynashda va ushbu musobaqada yuqori saviyani namoyish etishda davom etyapmiz. Ishonchim komilki, g‘alabalar seriyasini davom ettira olamiz. Biroq bunday natijalarga erishish uchun ularga munosib bo‘lish kerak — bu yerda raqobat juda kuchli», — deya Artetaning so‘zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.
Avvalroq «Arsenal» Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi so‘nggi mag‘lubiyatini 2024 yil 6 noyabr kuni qayd etgan edi. O‘shanda londonliklar Italiyaning «Inter» klubiga 0:1 hisobida yutqazgan. Shundan keyin jamoa ketma-ket 14 ta g‘alabaga erishdi, ularning to‘qqiztasida raqiblar darvozasi daxlsiz saqlandi.













