«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti klubning kelasi qish uchun transfer maqsadini belgiladi. U turinliklar rahbariyatiga muayyan talablarga javob beradigan futbolchini jamoaga jalb qilish iltimosi bilan murojaat qildi.
SportMediaset nashrining xabar berishicha, Spalletti yanvar oyida yangi hujumchi sotib olishni so‘ragan. Murabbiy jamoada hozir to‘p surayotgan Voltemade va Kolo Muani kabi forvardlardan farqli xususiyatlarga ega futbolchini ko‘rishni istamoqda.
Luchano Spallettining fikricha, yangi hujumchi darvozani ishg‘ol qilish qobiliyati va gol urish mahorati bilan yaqqol ajralib turishi kerak.













