Futbolchilik faoliyatini yakunlagan Ispaniya terma jamoasining sobiq a’zosi Pedro Rodriges «Barselona»dagi dastlabki yillarini xotirladi.
U Kataloniya klubida dastlab o‘zi chuqur minnatdor bo‘lgan Xosep Gvardiola, shuningdek, Tito Vilanova qo‘l ostida to‘p surgan.
«Tito ajoyib inson edi. U men futbol olamida uchratgan eng halol va sadoqatli insonlardan biri bo‘lgan.
U bilan birgalikda boshimizdan kechirgan voqealarni eslash juda og‘ir. Chunki bu nihoyatda qiyin davr edi.
Bu uni ko‘p yillardan beri tanigan barchamiz, futbolchilar uchun ham juda og‘ir zarba bo‘lgan», — deya Pedroning so‘zlarini keltirmoqda derbyderbyderby.it nashri.
Eslatib o‘tamiz, Tito Vilanova og‘ir kasallik sababli bevaqt vafot etgan edi.













