Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Pedri «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda «Barselona» qanday qilib vaziyatni o‘zgartirganini tushuntirdi

Pedri «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda «Barselona» qanday qilib vaziyatni o‘zgartirganini tushuntirdi

Baho:
+1 | -

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri UEFA Chempionlar ligasida «Galatasaroy» ustidan safarda 4:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

Kataloniyaliklar Aleksey Batrakovning golidan keyin hisobda ortda qoldi, biroq javoban to‘rtta to‘p kiritib, yirik g‘alabaga erishdi.

«Birinchi bo‘limda to‘pga egalik qildik, ammo hal qiluvchi uzatmalarda haddan tashqari shoshildik. Eng muhimi — jamoaning bunga qanday munosabat bildirgani. Ikkinchi bo‘limda maydonga chiqib, ajoyib futbol namoyish etdik.

Tanaffusda nimalar haqida gaplashdik? Shoshilmaslik kerakligi haqida. To‘p Yamal, Gordon, Olmo va boshqa futbolchilarimizda bo‘lganida xotirjamlikni saqlashimiz lozim edi.

Gol urish samaradorligimiz haqidami? Biz o‘z kuchimizga ishonamiz va ko‘plab gollar ura olamiz. Tarkibimiz keng, har bir futbolchi o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Sog‘lig‘im haqida so‘rayapsizmi? Hammasi joyida, jiddiy hech narsa yo‘q. Qornim og‘ridi, o‘zimni yaxshi his qilmayotgandim», — dedi Pedri Movistar nashriga bergan intervyusida.

«Barselona» 2026/2027 yilgi mavsumda o‘tkazgan barcha 10 ta uchrashuvda g‘alaba qozongan.

Kiritildi: 18:31, 14.10.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик