Madridning «Real» klubi sobiq himoyachisi Roberto Karlos Vinisius Juniorning diskvalifikasiya qilinishi haqidagi xabarga keskin munosabat bildirdi.
Madridliklar vingeri Ispaniya chempionati doirasida «Vilyarreal»ga qarshi uchrashuvda (1:0) qizil kartochka olgani sababli La Liganing to‘rtta o‘yinidan chetlatildi.
Ushbu jazo tufayli Vinisius «Sevilya», «Barselona», «Rasing» va «Valensiya»ga qarshi bahslarda ishtirok eta olmaydi.
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyu Intizom qo‘mitasi mazkur qarorni Chempionlar ligasi doirasidagi «Roma»ga qarshi uchrashuv boshlanishiga oz vaqt qolganda e’lon qilganidan noroziligini bildirdi.
O‘z navbatida, Roberto Karlos Mourinyuning ushbu masala yuzasidan bildirgan fikrlari aks etgan videoga izoh qoldirib, hakamlar qo‘mitasini keskin tanqid qildi.
«Bu hakamlar qo‘mitasi — haqiqiy sharmandalik. Ular uchun juda uyalaman», — deb yozdi braziliyalik sobiq futbolchi.













