Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Jo Koul: «Men Unai Emerining ashaddiy muxlisiman»

Jo Koul: «Men Unai Emerining ashaddiy muxlisiman»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Jo Koul «Aston Villa»ning Yevropa Chempionlar ligasida Turkiyaning «Fenerbaxche» klubi ustidan qozongan 6:0 hisobidagi yirik g‘alabasidan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Unai Emerining faoliyatiga yuqori baho berdi.

Sobiq futbolchi ispaniyalik mutaxassisning Birmingem klubida amalga oshirgan ishlaridan hayratda ekanini ta’kidladi.

«Men Unai Emerining va uning klubda erishgan barcha yutuqlarining ashaddiy muxlisiman. Bugun futbolchilar shunchaki ajoyib o‘yin namoyish etishdi.

Jekson bir necha yil avval Angliyaga kelganida biz undan qanday o‘yin kutgan bo‘lsak, hozir aynan shunday futbolchiga aylangandek ko‘rinmoqda.

Ross Barkli ham gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Aston Villa» tarkibida turli xususiyatlarga ega futbolchilar jamlangan.

Klub istaganicha mablag‘ sarflay olmaydi. Shu sababli ular transfer bozorida qulay imkoniyatlarni izlashga va qo‘l ostidagi futbolchilarning salohiyatidan maksimal darajada foydalanishga majbur.

Ular har bir futbolchining imkoniyatlaridan so‘nggi tomchisigacha foydalanishga harakat qilmoqda», — deya Jo Koulning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.

Qayd etish joiz, «Aston Villa»ning navbatdagi yevrokubok uchrashuvi bir haftadan so‘ng Norvegiyaning «Viking» klubiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 13:49, 15.10.2026.
O'qildi: 453 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик