Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus 0-3 Lasio
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

«Bavariya» Dani Olmo transferidan voz kechdi — sababi ma’lum

«Bavariya» Dani Olmo transferidan voz kechdi — sababi ma’lum

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi qishki transferlar davrida «Barselona»ning hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmoni sotib olishni rejalashtirmayapti.

Bu haqda CF Bayern Insider jurnalisti Kristian Falk ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, myunxenliklar yanvar oyida ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Dani Olmo «Barselona»ning doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo‘lmasa-da, Hans-Diter Flikning taktik rejalarida muhim o‘rin tutadi.

28 yoshli futbolchining bir nechta pozisiyada harakat qila olishi va katta tajribaga egaligi germaniyalik murabbiy uchun muhim ustunlik hisoblanadi.

Xususan, Olmo yaqinda Yevropa Chempionlar ligasining «Galatasaroy»ga qarshi uchrashuvida «soxta to‘qqizlik» vazifasini bajarib, asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu qaror jamoa safida Gabriel Jezus borligiga qaramay qabul qilingan.

Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi 10 ta uchrashuvning faqat beshtasini asosiy tarkibda boshlagan.

Shunga qaramay, Flik uni hujumlarni tashkil etishda muhim taktik vosita sifatida baholamoqda. Olmo Fermin Lopes bilan bir qatorda hujumkor yarim himoyachi pozisiyasida harakat qila oladi.

Shuningdek, 2026 yilgi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasining g‘alabasiga muhim hissa qo‘shgan Olmoning o‘zi ham Germaniya chempionatiga qaytishga qiziqish bildirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi avvalroq to‘rt yil davomida Germaniyaning «Leypsig» klubida to‘p surgan.

Shu tariqa, hozircha Dani Olmoning yanvar oyida «Bavariya»ga o‘tishi kutilmayapti.

Kiritildi: 16:02, 15.10.2026.
O'qildi: 1446 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик