Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

Semenyo: «PSJ» Chempionlar ligasida bejiz g‘olib bo‘lmagan»

Semenyo: «PSJ» Chempionlar ligasida bejiz g‘olib bo‘lmagan»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Antuan Semenyo Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 2-turida «PSJ»dan uchralgan 2:4 hisobidagi mag‘lubiyatga munosabat bildirdi.

Angliya klubi mazkur uchrashuvning birinchi bo‘limini muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, o‘z darvozasidan javobsiz uchta gol o‘tkazib yubordi.

Tanaffusdan keyin Erling Xoland ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «shaharliklar»ning o‘yinga qaytishiga umid uyg‘otdi. Biroq mezbonlar hisobni tenglashtira olmadi va yakunda 2:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

«Pressingda xatoga yo‘l qo‘ydik»

Semenyoning ta’kidlashicha, birinchi bo‘limda pressingning noto‘g‘ri tashkil etilgani jamoa uchun qimmatga tushgan.

«PSJ» Chempionlar ligasida bejiz g‘olib bo‘lmagan.

Biz pressingni noto‘g‘ri tashkil etdik va buning jazosini oldik. Ikkinchi bo‘limda esa ushbu muammoni bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldik.

Raqib darvozasi oldida sovuqqonroq harakat qilishimiz kerak. Agar yaratgan imkoniyatlarimizdan unumli foydalanganimizda, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi», — deya Semenyoning so‘zlarini keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Chempionlar ligasidagi vaziyat

Mazkur mag‘lubiyatdan keyin «Manchester Siti» Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining dastlabki ikki turida uch ochko jamg‘argan holda qoldi.

«PSJ» esa ketma-ket ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritib, ochkolari sonini oltitaga yetkazdi.

Kiritildi: 16:14, 15.10.2026.
O'qildi: 474 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик