«Manchester Yunayted» yaqin kelajakda bosh murabbiyni o‘zgartirishi mumkin. Jamoa 2026/2027 yilgi mavsumning dastlabki ikki oyini yomon o‘tkazganidan keyin Maykl Kerrik o‘z lavozimini yo‘qotish xavfi ostida qoldi.
So‘nggi kunlar va haftalarda «qizil iblislar» Antonio Konte bilan bog‘lanmoqda. talkSPORT ma’lumotlariga ko‘ra, Kontening vakillari «Manchester Yunayted»ga murabbiyning pozisiyasini yetkazgan: u Karrik iste’foga chiqarilgan taqdirda ish boshlashdan manfaatdor.
Shuni ta’kidlash joizki, Antonio Konte ilgari Angliyada «Chelsi» (2016-2018) va «Tottenxem» (2021-2023) jamoalarini boshqargan. «Chelsi» bilan Konte 2017 yilda Premyer-liga chempioni bo‘lgan. Hozirda Antonio «Napoli»dan ketganidan beri klubsiz qolmoqda.













