«Barselona» muxlislari uchun xushxabar. Kataloniya jamoasi sardori Rafinya mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqda The Touchline xabar bermoqda.
«Barselona»ning «Xetafe» va «Galatasaroy»ga qarshi so‘nggi ikki o‘yinida Rafinya maydonga tushmagan edi. Braziliyalik futbolchi Braziliya terma jamoasi safida orttirib olgan jarohatidan so‘ng tiklanayotgan edi.
«Barselona» hozircha mavsumni ajoyib tarzda o‘tkazmoqda — Hans-Diter Flik shogirdlari o‘nta o‘yinning o‘ntasida ham g‘alaba qozondi. Oy oxiriga qadar «ko‘k-anorranglilar» «Betis», «PSJ», «Real» va «Alaves»ga qarshi bahslar o‘tkazadi.
Rafinya joriy mavsumda «Barselona» safida sakkizta o‘yinda 14 ta gol urdi.













