Uch yarim soat davom etgan yig‘ilishda Infantino uzr so‘ragan bo‘lsa-da, bir qator savollarga, jumladan, tijoriy huquqlarni xususiy qo‘llarga o‘tkazish rejasiga oid hujjatlarni taqdim etish talabi bo‘yicha javob bermagan. Bu haqda FIFA vise-prezidenti Debbi Xyuitt ma’lum qildi.
«Eng ko‘ngilni qoldiradigan jihati — aniq talablarimizdan birortasiga javob olmadik. Masalan, FFE bo‘yicha hujjatlarni taqdim etishni so‘radik. “Nega yo‘q?” deb so‘raganimda, savollarni yozma ravishda yuborishimiz taklif qilindi.
Menimcha, Infantino bu savollarga javob berishi shart. Agar javob bermasa, u FIFA prezidenti lavozimiga munosib emas», — deya Xyuittning so‘zlarini keltiradi BBC.













