Xans-Diter Flik boshchiligidagi "Barselona" raqiblar uchun jiddiy kuchga aylandi. Kataloniyaliklar hatto hisobda ortda qolayotgan vaziyatlarda ham taslim bo‘lmasdan, uchrashuv taqdirini o‘z foydasiga hal etish qobiliyatini yana bir bor namoyish etdi.
Seshanba kuni "Galatasaroy" maydonida qo‘lga kiritilgan g‘alaba jamoaning yuksak irodasi va kurashchanligini yana bir bor tasdiqladi.
"Barselona" mazkur bahsda dastlab hisobda ortda qolganiga qaramay, vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bu kataloniyaliklarning Xans-Diter Flik bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon qo‘lga kiritgan 20-irodali g‘alabasi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik mutaxassis 2024 yilda klub afsonasi Xavi Ernandes iste’foga chiqarilganidan so‘ng "Barselona" boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan edi.
Flik davrida qayd etilayotgan natijalar esa klub rahbariyatining o‘sha paytdagi qarori o‘zini oqlaganini ko‘rsatmoqda.













