Lissabonning "Benfika" klubi yetakchi hujumchisi Vangelis Pavlidis faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirish istagida.
Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, gresiyalik markaziy hujumchi uchun Angliya chempionati faoliyatini davom ettirishdagi asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
Ayni paytda Pavlidisga Angliya Premyer-ligasining "Tottenxem" va "Aston Villa" klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa ham hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Shuningdek, 27 yoshli futbolchining vaziyatini Ispaniyaning "Barselona", Italiyaning "Yuventus", "Milan" va "Roma" klublari ham diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ayni paytda gresiyalik to‘purarning transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Pavlidis joriy mavsumda Portugaliya chempionatining sakkizta uchrashuvida maydonga tushib, sakkizta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.













