Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 18:00 Lokomotiv - Nasaf
17/10 19:00 Dinamo - Buxoro
17/10 19:00 Navbahor - Paxtakor

"Bavariya" Olise bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashdi

"Bavariya" Olise bilan yangi shartnoma imzolashga yaqinlashdi

Baho:
+ | -

Myunxenning "Bavariya" klubi fransiyalik qanot hujumchisi Mixael Olise bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda Germaniyaning BILD nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar 2030 yilga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv yuzasidan muzokaralarning ilg‘or bosqichiga yetib kelgan.

Madridning "Real" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilayotganiga qaramay, Olise "Bavariya"ni tark etish variantini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. Fransiyalik futbolchi faoliyatini Myunxen jamoasida davom ettirish niyatida.

Qayd etilishicha, yangi shartnoma asosida Olisening maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Natijada u "Bavariya"ning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilari qatoridan joy oladi.

24 yoshli hujumchi joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:26, 16.10.2026.
O'qildi: 528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик