Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/10 00:00 Valensiya 0-0 Atletik Bilbao
18/10 15:30 Udineze 0-3 Lechche
18/10 17:00 Osasuna 2-0 Rasing
18/10 18:00 Bornmut 2-0 Sanderlend
18/10 18:00 Brayton 5-0 Kristal Pelas
18/10 18:00 Lids 1-1 Man. Yunayted
18/10 18:00 Fiorentina 1-3 Komo
18/10 19:15 Selta 2-1 Alaves
18/10 20:30 Nottingem Forest 0-1 Arsenal
18/10 21:00 Milan 3-2 Atalanta
18/10 21:30 Malaga 2-5 Real Sosyedad
18/10 23:45 Yuventus - Lasio
19/10 00:00 Real Madrid - Sevilya
19/10 21:30 Monsa - Kalyari
19/10 23:45 Parma - Torino
20/10 00:00 Xetafe - Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem - Koventri Siti

Superliga. “Bunyodkor” Zominda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Superliga. “Bunyodkor” Zominda so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi. Zominda bo‘lib o‘tgan bahsda nominal mezbon hisoblangan "qaldirg‘ochlar" mag‘lubiyatdan 86-daqiqada kiritilgan gol evaziga qutulib qolishdi.

Uchrashuvni faol boshlagan jizzaxliklar dastlabki daqiqalarda raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishdi. Biroq vaqt o‘tishi bilan “Bunyodkor” tashabbusni o‘z qo‘liga olib, hujumlar tashkil eta boshladi. 17-daqiqada Dmitriy Pletnyov ogohlantirildi. Oradan bir necha daqiqa o‘tib, mezbonlar darvozaboni Abdumavlon xavfli vaziyatda seyv amalga oshirdi. “Bunyodkor” qarshi hujumda Shahzod Ne’matjonov bilan gol urgan bo‘lsa-da, hakam ofsayd qayd etdi.

28-daqiqada esa hisob ochildi. Samandarjon Mavlonqulov “So‘g‘diyona”ni hisobda oldinga olib chiqdi — 0:1. Oradan ko‘p o‘tmay, “Bunyodkor” majburiy o‘zgarishga qo‘l urib, Sardor Rahmonov o‘rniga Ivan Bukrinni maydonga tushirdi. Qolgan daqiqalarda mezbonlar hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi. Birinchi bo‘lim oxirida Amirning jarima zarbasidan yo‘llagan xavfli uzatma-zarbasi ham raqib darvozasi oldida xavf tug‘dirdi.

Ikkinchi bo‘limda ham to‘p nazorati asosan “Bunyodkor”da bo‘ldi. 50-daqiqalar atrofida Ne’matjonovning zarbasidan keyin mezbonlar hisobni tenglashtirishga juda yaqin keldi, ammo “So‘g‘diyona” darvozaboni jamoasini goldan qutqardi. Ko‘p o‘tmay, jizzaxliklar qarshi hujumda ustunlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, biroq Pletnyovning zarbasi noaniq ketdi.

60-daqiqada “Bunyodkor” bir yo‘la uchta o‘zgarishni amalga oshirdi. Sardor Abdunabiyev, Dmitriy Pletnyov va Shahzod Ne’matjonov o‘rniga Matia Krivokapich, Abdulhamid Ikromov hamda Islom Anvarov maydonga tushishdi. 75-daqiqada esa Narimonjon Ahmadjonov o‘rnini Muzaffar Olimjonovga bo‘shatib berdi.

Mezbonlarning bosimi o‘z samarasini uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida berdi. 86-daqiqada burchak zarbasidan keyin Matia Krivokapich bosh bilan zarba yo‘llab, hisobni tenglashtirdi — 1:1.

Qo‘shib berilgan to‘rt daqiqa davomida hisob o‘zgarmadi va jamoalar bir ochkodan qo‘lga kiritishdi.

Shu tariqa, “Bunyodkor” Zominda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi. Mezbonlar uchrashuv davomida to‘p nazorati va hujumlar soni bo‘yicha faolroq ko‘ringan bo‘lsalar-da, faqat o‘yin oxirida hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Superliga. 24-tur
«Bunyodkor» - «So‘g‘diyona» - 1:1
Gollar: Matiya Krivokapich, 86 (1:1) — Samandar Mavlonqulov, 28 (0:1)
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abdujalilov, Sardor Rahmonov, Narimonjon Ahmadjonov, Shahzodjon Ne’matjonov, Dmitriy Pletnyov, Nosirjon Abdusalomov, Shamsiddin Tursunmahammadov, Muhammadjon Hakimov, Azizbek To‘lqinbekov, Sardor Abdunabiyev, Amir To‘raqulov.
«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Islomjon Qobilov, Zoir Jo‘raboyev, Behruz Jumatov, Filip Ivanovich, Javohir Qahramonov, Ollabergan Karimov, Nodirjon Soyibov, Samandarjon Mavlonqulov, Jenan Zaymovich, Lyupcho Doriyev.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:27, 16.10.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик