Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa safida 150 ta o‘yin o‘tkazish marrasiga erishgani haqida fikr bildirdi.
«Bundan juda xursandman va faxrlanaman. Bu klub safida o‘ynash har doim yoqimli. Umid qilamanki, bu yerda yana ko‘p yillar to‘p suraman», — deya Bellingemning so‘zlarini keltiradi Madrid Zone.
Bellingem 2023 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Shu vaqtga qadar u jamoa safida 150 ta uchrashuvda maydonga tushib, 49 ta gol urdi va 36 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Angliyalik futbolchining «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Biroq yaqin vaqt ichida Bellingem Ispaniya grandi bilan yangi shartnoma imzolashi kutilmoqda.













