«Betis» yanvar oyidagi transferlar oynasida hujumchi Troy Perrottni sotishni rejalashtirmayapti. Bu haqda ispaniyalik jurnalist Kristian Vakero ma’lum qildi.
«Qishki transferlar oynasi oldidan Troy Perrottning «Manchester Yunayted» yoki «Tottenxem»ga o‘tishi borasida aniq yangiliklar yo‘q. «Betis» uni yanvar oyida sotmaydi. Angliya klublari 2027 yil yozida unga qiziqish bildirishi mumkin. Troy Perrottning shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli 100 million yevroni tashkil etadi», — deb yozdi Vakero ijtimoiy tarmoqlarda.
Perrott 2026 yil yozida AZ klubidan «Betis»ga o‘tgan. Hujumchining Ispaniya klubi bilan shartnomasi 2031 yilgacha amal qiladi. U joriy mavsumda 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













