«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 6-turida «RB Leypsig»ga qarshi bahsda (6:1) ishtirok etdi. Bu angliyalik futbolchining Bundesligadagi 100-o‘yini bo‘ldi. Bu haqda musobaqaning rasmiy sayti xabar berdi.
Keyn 2023 yil avgustidan buyon myunxenliklar safida to‘p tepmoqda. U shu vaqtga qadar barcha musobaqalarda «Bavariya»ning 156 ta uchrashuvida maydonga tushib, 154 ta gol urgan va 37 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Hujumchi «Bavariya» bilan ikki marta Germaniya chempioni bo‘lgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Germaniya Superkubogini ikki martadan qo‘lga kiritgan.
«Bavariya» Bundesliganing joriy mavsumida 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.













