Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

«Betis» murabbiyi hakamni keskin tanqid qildi

«Betis» murabbiyi hakamni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

«Betis» bosh murabbiyi Manuel Pellegrini «Barselona»ga qarshi uchrashuvdagi 2:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng hakamlikdan noroziligini bildirdi.

Chililik mutaxassis o‘yin davomida qabul qilingan ayrim qarorlarni keskin tanqid qildi.

«Bizning golimiz bekor qilingani haqida nima deyman? Ha, to‘p qo‘lga tekkan. Ammo bu holat gol urilishidan 30 soniya oldin sodir bo‘lgan. Agar Jerar Martin futbolchimizning orqasidan turtmaganida, to‘p qo‘lga tegmagan bo‘lardi.

Hakamning ishi — shunchaki sharmandalik. U futbolni umuman tushunmaydi.

Qizil kartochka esa bizni butunlay sindirdi. Ha, ehtimol, futbolchimizning harakatlari tajovuzkor bo‘lgandir, ammo Yamal provokasiya qildi. Futbolchimiz shunchaki o‘sha harakatga javob qaytardi.

Hakam har ikki futbolchiga sariq kartochka ko‘rsatib, o‘yinni davom ettirishi kerak edi.

Bundan tashqari, «Barselona»ning gollaridan biri oldidan qoidabuzarlik qayd etilmadi. Keyin o‘sha vaziyatni qayta ko‘rib chiqinglar», — dedi Pellegrini matbuot anjumanida. Uning so‘zlarini The Touchline nashri keltirmoqda.

Ayni paytda «Betis» Ispaniya La Ligasi musobaqa jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:48, 18.10.2026.
O'qildi: 962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик