Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Keyn 1967 yildan buyon saqlanib kelayotgan rekordni yangiladi

Keyn 1967 yildan buyon saqlanib kelayotgan rekordni yangiladi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya Bundesligasida 1967 yildan buyon saqlanib kelayotgan tarixiy rekordni yangiladi.

Angliyalik futbolchi Germaniya chempionatidagi 100-uchrashuvini gol bilan nishonladi. Myunxenliklar esa mazkur bahsda raqibini 6:1 hisobida mag‘lub etishdi.

E’tiborlisi, Keyn Bundesligada o‘tkazgan dastlabki 100 ta uchrashuvida 102 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bu Germaniya chempionati tarixida ilgari kuzatilmagan natija hisoblanadi.

Bunga qadar mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha rekord Fridxelm Koniskaga tegishli edi. U Bundesligadagi dastlabki 100 ta o‘yinida 72 ta gol urgan va uning rekordi 1967 yildan buyon yangilanmay kelayotgandi.

Shu tariqa, Keyn 59 yillik rekordni yangilab, Germaniya chempionati tarixidan joy oldi.

Fridxelm Koniska Germaniyaning sobiq futbolchisi va murabbiyi bo‘lib, «Timo» laqabi bilan tanilgan. Unga bunday laqab sovet marshali Timoshenkoga tashqi o‘xshashligi sababli berilgan.

Koniska futbolchilik faoliyati davomida Dortmundning «Borussiya» va «Myunxen 1860» klublari sharafini himoya qilgan.

U Germaniya chempionatida jami 218 ta uchrashuv o‘tkazib, 164 ta gol kiritgan.

Kiritildi: 08:36, 19.10.2026.
O'qildi: 885 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик