Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Amorim "Milan" tarixidagi noyob natijani qayd etdi

Amorim "Milan" tarixidagi noyob natijani qayd etdi

Baho:
+ | -

"Milan" bosh murabbiyi Ruben Amorim Italiya A Seriyasidagi muvaffaqiyatli faoliyati orqali klub tarixiga kirdi.

Portugaliyalik mutaxassis shogirdlari chempionatning 7-turida "Atalanta"ni 3:2 hisobida mag‘lub etishdi. Ushbu g‘alaba Amorimga "Milan" tarixidagi noyob natijani takrorlash imkonini berdi.

Gap shundaki, 41 yoshli murabbiy "rossonerilar" boshqaruvidagi dastlabki yettita uchrashuvda biror marta ham mag‘lubiyatga uchramadi. Uning hisobida to‘rtta g‘alaba va uchta durang bor.

Bungacha "Milan" tarixida faqat ikki mutaxassis A Seriyadagi dastlabki yettita o‘yinini mag‘lubiyatsiz o‘tkazgan edi.

1955 yilda Ektor Purichelli uchta g‘alaba va to‘rtta durang qayd etgan bo‘lsa, 1963 yilda Luis Karnilya to‘rtta g‘alaba va uchta durangga erishgan.

Shu tariqa, Amorim klubning 63 yildan beri takrorlanmagan natijasini qayd etgan uchinchi murabbiyga aylandi.

"Milan" Italiya chempionatining navbatdagi turida 25 oktyabr, yakshanba kuni safarda "Udineze"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 10:21, 19.10.2026.
O'qildi: 641 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик