Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

"Andijon" sardori: "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqishimiz shart"

"Andijon" sardori: "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqishimiz shart"

Baho:
+ | -

"Andijon" jamoasi sardori Usmonali Ismonaliyev O‘zbekiston kubogining chorak finalida "So‘g‘diyona"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan fikr bildirdi.

20 oktyabr kuni Zominda o‘tkaziladigan bahs andijonliklar uchun katta ahamiyatga ega. Sababi, jamoa Superliganing so‘nggi uchta turida ketma-ket mag‘lubiyatga uchradi va endi Kubokda g‘alaba qozonib, omadsiz seriyaga barham berishni maqsad qilgan.

Ismonaliyevning ta’kidlashicha, so‘nggi natijalarga qaramay, jamoadagi muhit yaxshi va futbolchilar bo‘lajak uchrashuvga ruhan tayyor.

"Bu yil deyarli bunday vaziyatga tushmagandik. Ketma-ket mag‘lubiyatlarni ko‘proq omadsizlik bilan bog‘layman.

"Buxoro"ga qarshi o‘yinda hisobda oldinda borayotgandik. Hakamlarning qarorlari ham ta’sir qildi, lekin asosiy sababni o‘zimizdan izlashimiz kerak.

"Qizilqum" bilan bahsda ham tashabbus biz tomonda bo‘ldi, to‘pni ko‘proq nazorat qildik. Biroq imkoniyatlardan foydalana olmadik. Futbolda esa eng muhimi natija.

Ishonaman, bitta g‘alaba vaziyatni o‘zgartiradi. "So‘g‘diyona"ga qarshi uchrashuv biz uchun juda muhim. Maqsadimiz — g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l olish", — dedi Ismonaliyev.

Jamoa sardori mag‘lubiyatlardan keyin futbolchilar, murabbiylar va rahbariyat o‘rtasida suhbat bo‘lib o‘tganini ham ma’lum qildi.

"Albatta, ketma-ket mag‘lubiyatlardan keyin o‘zingni tiklash oson emas. Ammo o‘tgan o‘yinlarni ortga qaytarib bo‘lmaydi.

So‘nggi uchrashuvdan keyin jamoa bo‘lib gaplashib oldik. Bizda hech qanday ruhiy tushkunlik yo‘q. Ichki muhit juda yaxshi, jamoada muammo mavjud emas.

Faqat o‘zimizga bo‘lgan ishonchni yanada oshirishimiz kerak. Muxlislarimizni g‘alaba bilan xursand qilishga tayyormiz", — dedi futbolchi.

Ismonaliyev "So‘g‘diyona"ning kuchli jihatlariga ham to‘xtaldi. Uning fikricha, chorak finalda har ikki jamoa ehtiyotkor harakat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumda "Andijon" o‘z maydonida jizzaxliklarni 4:0 hisobida mag‘lub etgan, safarda esa 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan.

"So‘g‘diyona" o‘z maydonida yaxshi o‘ynaydi. Ularda bitta vaziyat orqali o‘yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar bor.

Biz ularni yaxshi bilamiz, ular ham bizni. Shu sababli ehtiyotkorlik bilan kechadigan uchrashuv bo‘ladi. Chunki bu bahsning ahamiyati juda yuqori.

Ikkala jamoa ham g‘alaba qozonishni istaydi. Kim oxirigacha kurashsa, o‘sha g‘olib bo‘ladi.

Biz o‘z kuchimizga ishonamiz. "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etib, yarim finalga chiqishimiz shart", — deya qo‘shimcha qildi Ismonaliyev.

Qayd etish joiz, "Andijon" Kubok bahsidan keyin Superliga doirasida Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 11:22, 19.10.2026.
O'qildi: 684 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик