Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Madueke: "Arsenal" haqiqiy chempionlik ruhini namoyish etdi"

Madueke: "Arsenal" haqiqiy chempionlik ruhini namoyish etdi"

Baho:
+ | -

"Arsenal" hujumchisi Noni Madueke Angliya Premyer-ligasining 7-turida "Nottingem Forest" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasining o‘yiniga baho berdi.

Londonliklar safarda 1:0 hisobida ustun kelishdi. Uchrashuvdagi yagona golga aynan Madueke mualliflik qildi.

Futbolchining ta’kidlashicha, raqib jiddiy qarshilik ko‘rsatganiga qaramay, "Arsenal" g‘alaba qozonish uchun yetarlicha xarakter namoyish etgan.

"Raqib bizga juda ko‘p qiyinchilik tug‘dirdi. Bu haqiqatan ham og‘ir uchrashuv bo‘ldi.

Barchamiz g‘alabadan juda xursandmiz. Biz maydonda matonat, qat’iyat va haqiqiy chempionlik ruhini ko‘rsatdik", — dedi Madueke Sky Sports nashriga.

Angliyalik hujumchi bosh murabbiy Mikel Arteta o‘yin davomida futbolchilardan nimalarni talab qilganini ham aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Arteta jamoaga belgilangan rejadan chetga chiqmaslik, hujumda xavfli vaziyatlar yaratish, o‘z uslubiga sodiq qolish va himoyada ishonchli harakat qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Mazkur g‘alabadan keyin "Arsenal" hisobidagi ochkolar soni 18 taga yetdi.

Ayni paytda londonliklar Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 11:30, 19.10.2026.
O'qildi: 409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик