Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Nagoyada V Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Nagoyada V Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Baho:
+ | -

18 oktyabr kuni Nagoya shahridagi “Paloma Mizuho” stadionida V Para Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘yinlarni Yaponiya imperatori Naruxito ochiq deb e’lon qildi. Tantanada 45 ta mamlakatdan 4 mingga yaqin sportchi va rasmiylar qatnashdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegasiyasi 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan qatnashmoqda. Bu Xanchjou-2022 o‘yinlaridagiga qaraganda qariyb bir yarim baravar ko‘p. Para sportchilarimiz ilk bor para qilichbozlik, bochcha va para kamondan otish turlarida ham bellashadi.

O‘yinlarda 18 ta sport turi bo‘yicha 492 ta medal to‘plami o‘ynaladi, musobaqalar 24 oktyabrgacha davom etadi.

19 sentyabrdan 4 oktyabrgacha Aichi-Nagoyada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegasiyasi jami 70 ta medal qo‘lga kiritdi: 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza. O‘zbekiston umumjamoa hisobida 5-o‘rinni egalladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 12:02, 19.10.2026.
O'qildi: 311 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик