Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/10 00:00 Real Madrid 4-1 Sevilya
19/10 21:30 Monsa 4-0 Kalyari
19/10 23:45 Parma 0-3 Torino
20/10 00:00 Xetafe 1-1 Rayo Valyekano
20/10 00:00 Tottenhem 3-1 Koventri Siti
21/10 23:00 Levante - Atletik Bilbao

Romano: «Real» Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Romano: «Real» Kurtuaning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua jamoa bilan hamkorlikni davom ettirishga yaqin turibdi.

Taniqli insayder Fabrisio Romanoning xabar berishicha, «qirollik klubi» rahbariyati belgiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma yuzasidan muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunlagan. Tomonlar kelishuvga erishgan bo‘lib, yangi bitim 2028 yilgacha amal qiladi.

34 yoshli Kurtua 2018 yilning avgust oyidan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.

Ayni paytda tajribali darvozabonning transfer qiymati 15 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Kurtua Ispaniya chempionatida 9 ta uchrashuv o‘tkazib, darvozasidan 9 ta gol o‘tkazib yubordi. Ikkita bahsda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 13:37, 19.10.2026.
O'qildi: 916 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик