«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoadagi vaziyatdan norozi bo‘lib, qishki transfer oynasida klubni tark etishi mumkin.
Teamtalk nashrining xabar berishicha, portugaliyalik futbolchi mankunianliklar natijalari yaxshilanishini kutishdan charchagan va faoliyatini kattaroq maqsadlarni ko‘zlayotgan boshqa jamoada davom ettirishni istamoqda.
Manbaga ko‘ra, Fernandesh yanvar oyida «Manchester Yunayted»dan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
32 yoshli yarim himoyachi 2020 yildan buyon «qizil iblislar» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
Fernandeshning hozirgi transfer qiymati 35 million yevroga baholanmoqda.
Ayni paytda «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining 7 turidan keyin 7 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi.
Hozircha portugaliyalik futbolchining klubdan ketishi yuzasidan rasmiy qaror e’lon qilinmagan.













