Fransiya terma jamoasi safida jahon va Yevropa chempioni bo‘lgan Anri hamda britaniyalik jurnalist 26 oktyabr, dushanba kuni London shahridagi «Palladium» teatrida o‘tkaziladigan 70-«Oltin to‘p» mukofotini topshirish marosimiga mezbonlik qiladi.
«Tyerri Anri «Oltin to‘p» uchun to‘qqiz marta nomzod bo‘lgan va 2003 yilda ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni egallagan. Fransiya va jahon futbolining afsonasi, 1998 yilgi jahon chempionati hamda 2009 yilgi Chempionlar ligasi g‘olibi tantanali marosimni xalqaro miqyosda tanilgan jurnalist Keyt Skott bilan birgalikda olib boradi.
Britaniyalik jurnalist, shuningdek, AQSHning CBS Sports telekanalida Chempionlar ligasi uchrashuvlari translyasiyalarini olib boradi. U Anri bilan mazkur telekanalda muntazam ravishda birga ishlaydi», — deyiladi «Oltin to‘p»ning rasmiy saytida.













