"Liverpul" "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
El Nacional nashrining xabar berishicha, mersisaydliklar bosh murabbiyi Andoni Iraola ispaniyalik futbolchini jamoasida ko‘rishni istamoqda.
Mutaxassis Lopesni "Liverpul"ni tark etishi mumkin bo‘lgan Florian Virsga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Germaniyalik yarim himoyachining kelajagi hozircha noaniq. Uning xizmatlariga "Bavariya", Dortmundning "Borussiya" klubi, "Chelsi", "Nyukasl" va Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" jamoasi qiziqish bildirmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Liverpul" Fermin Lopes transferi uchun 140 million yevro sarflashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Fermin "Barselona" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.













