Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/10 00:45 Udineze 0-2 Milan
26/10 01:00 Barselona 1-2 Real Madrid
26/10 18:30 Xorazm 1-2 Navbahor
26/10 18:45 Neftchi 1-2 Al-Ittihod
26/10 21:00 Al-Ahli (SA) 2-1 Al-G‘arafa
26/10 21:00 Al-Ayn 2-1 Traktor
26/10 23:15 Al-Qodisiya 1-1 As-Sadd
26/10 23:15 Al-Quva al-Javiya 1-0 Paxtakor
27/10 01:00 Sevilya 2-0 Osasuna
27/10 22:30 Sassuolo - Lasio
28/10 00:45 Roma - Kalyari
28/10 00:45 Torino - Komo
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter

"Arsenal" Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15 ta o‘yinga yetkazdi

"Arsenal" Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15 ta o‘yinga yetkazdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 15 ta uchrashuvga yetkazdi.

Mikel Arteta boshchiligidagi jamoa musobaqaning 3-turida "Bavariya" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab, ijobiy seriyasini davom ettirdi.

Londonliklar joriy mavsumning dastlabki ikki turida "Napoli"ni 1:0, "Lill"ni esa 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

"Kanonirlar" o‘tgan mavsumda Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi barcha sakkizta uchrashuvda g‘alaba qozongan. Undan avvalgi mavsumda esa mazkur bosqichning so‘nggi to‘rtta o‘yinida raqiblaridan ustun kelishgan.

Shu tariqa, "Arsenal" Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi oxirgi 15 ta bahsda mag‘lubiyatga uchramadi. Ushbu uchrashuvlarda londonliklar raqiblar darvozasiga 42 ta gol urib, o‘z darvozalaridan atigi 8 ta to‘p o‘tkazib yuborishgan.

Kiritildi: 02:27, 22.10.2026.
O'qildi: 630 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик